Turkiyaning Kappadokiya hududida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilishi oqibatida kamida 16 nafar xorijiy sayyoh jarohat oldi. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda ekani xabar qilinmoqda. Bu haqda «news.by» nashri ma’lum qildi.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga tezkor xizmatlar xodimlari yetib kelib, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatishni boshladilar.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi transport vositasini boshqarish imkoniyatini yo‘qotgani hodisaga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq voqeaning aniq sabablari hozircha ma’lum emas.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.