Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Dashog’uz viloyatiga ish safari davomida Turkmanboshi – Garabog’ozko’l – Qozog’iston avtomobil yo’lining Garabog’ozko’l – Qozog’iston qismi ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda «Vatan» axborot dasturi xabar berdi.

Ochilish marosimi raqamli tizim orqali o’tkazildi. Yo’l «Shimol – Janub» xalqaro transport yo’lagining muhim qismidir. Yo’l poydevorining kengligi 27,5 metr bo’lib, qatnov qismi har birining kengligi 9 metr bo’lgan ikki yo’nalishdan iborat.

Xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash uchun 3,5 metrlik ajratuvchi yo’lak hamda har ikki tomonda kengligi 3 metrdan bo’lgan yo’l yoqalari nazarda tutilgan. Yo’l qurilishi xalqaro standartlarga muvofiq bajarildi.