Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mehnat ta'tilida bo‘lgan kunlarida erta tongda Kaspiy dengizi sohilida velosipedda sayr qildi. Bu haqda «Watan» axborot dasturida xabar berildi.
Davlat rahbari velosipedda sayr qilish chog‘ida «Avaza» milliy sayyohlik zonasining bugungi qiyofasini ko‘zdan kechirdi. Kaspiy sohilining tonggi musaffo havosi va Avazaning tabiat go‘zalliklari sayrga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Velosipedda sayr qilish sog‘lom turmush tarzining muhim qismi sifatida qayd etiladi. Ochiq havoda sayr qilish insonning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ruhiy jihatdan hordiq chiqarishiga ham imkon beradi.
So‘nggi yillarda Turkmanistonda velosiped sportini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda velosiped haydashga qiziquvchilar sonining ortib borayotgani ham shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar natijalaridan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Kaspiy sohilida joylashgan «Avaza» milliy sayyohlik zonasida dam olish va sog‘lomlashtirish markazlari, mehmonxonalar, bolalar dam olish majmualari, kottejlar, shuningdek, ko‘p tarmoqli sport inshootlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu infratuzilma Avazaning nafaqat sayyohlik, balki xalqaro sport markazi sifatidagi imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.