MIR 24 axborot xizmati xabariga ko‘ra, Turkmanistonning Ahal viloyatida joylashgan qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi MDH mamlakatlari va mintaqaviy bozorlarda o‘z o‘rnini jadal kengaytirmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan A3 va A4 formatidagi ofis qog‘ozlari hamda maktab darsliklari uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli qog‘ozlar Ozarbayjon, Armaniston, Eron va O‘zbekistonga eksport qilinmoqda. Yaqin kelajakda Gruziya va Qirg‘iziston bozorlariga chiqish rejalashtirilgan.
Korxona rahbari Dovletmurat Allayevning ta’kidlashicha, hozirda bu yerda 125 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda va oylik ishlab chiqarish quvvati 1200 tonnaga (kuniga taxminan 60 tonna) yetkazilgan. Yaqin orada kechayu kunduz faoliyat yuritish orqali kunlik ishlab chiqarishni 100 tonnaga, oylik hajmni esa 3000 tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan sifatli sellyuloza xomashyosi asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar oqligi, mustahkamligi va siyohni tekis shimilishi bilan ajralib turadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.