Turkmanistonda har yili keng nishonlanadigan Hosil bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining raqamli ulgam arkaly o‘tkazilgan navbatdagi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari T. Atahalliyev hisobot berdi.

«Vatan» axborot dasturida xabar berilishicha, Turkmanistonda Hosil bayrami har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida serhosil turkman zaminining ne’matlari sharafiga nishonlanadi. Bu yil bayram tantanalari 8-noyabr kuni Ashxobod shahrida hamda mamlakat viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

Poytaxt va viloyatlarda bayram munosabati bilan turli tantanalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Tadbirlarning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.

Hisobotni tinglagan Turkmaniston Prezidenti Hosil bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Hosil bayrami mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni, dehqonlarning fidokorona mehnatini va mo‘l hosilni ulug‘laydigan muhim bayramlardan biridir.