Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan dengiz iqtisodiyoti ko‘rgazmasida suvosti dunyosini tomosha qilish imkonini beruvchi yangi sayyohlik qurilmasi — batiskaf keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bu haqda “Turkmenportal” “iz.ru” nashriga tayanib xabar berdi.
Yangi qurilma 200 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘iy oladi. Maxsus kuzatuv oynalari bilan jihozlangan konstruksiya yo‘lovchilarga suvosti olamini tomosha qilish va dengiz tubidagi go‘zalliklarni yaqindan ko‘rish imkonini beradi.
Batiskafning uzunligi 3,7 metrni, og‘irligi esa taxminan 5 tonnani tashkil etadi. Qurilma nafaqat texnologik yangilik sifatida, balki turizm sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan vosita sifatida ham qiziqish uyg‘otmoqda. Xabarda uning tijorat maqsadlarida foydalanila boshlanganligi qayd etilgan.
Bunday qurilmalarning yaratilishi suvosti turizmini rivojlantirishga yordam beradi hamda odamlarga dengiz olamini yangicha usulda kashf etish imkoniyatini yaratadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.