Yevropa Ittifoqi va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yevropa Ittifoqining Turkmanistondagi elchisi Beata Peksa hamda Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov o‘rtasidagi uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqboldagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Ashxoboddagi elchixonasi ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar Yevropa Ittifoqi va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladilar. Xususan, savdo, iqtisodiy taraqqiyot va biznes aloqalari kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida tomonlar mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelajakda yangi imkoniyatlarni yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini tasdiqladilar.
Ma’lumot uchun, Beata Peksa Yevropa Ittifoqining Turkmanistondagi elchisi sifatidagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.