
Haddan tashqari issiq kunlarda chanqoqni qondirish uchun suv bilan bir qatorda meva va sabzavotlardan, shuningdek, yangi ko‘katlardan tayyorlanadigan turli ichimliklar va sharbatlar ichiladi. Shulardan biri o‘zining xushbo‘y hidi bilan ajralib turadigan rayhon sharbatidir. Rayhon sharbati o‘z boshlanishini XV asrdan olib boradi. Usmoniylar davrida mashhur ichimliklardan biriga aylangan rayhon sharbati sog‘liq uchun foydali ekanligi bilan ajralib turadi. A, C vitaminlari, kalsiy va magniy kabi minerallarni o‘zida mujassam etgan rayhon sharbatining tarkibida oz miqdorda kletchatka, oqsil, uglerodlar va shakar bor. Asosan, bahor va yoz fasllarida ichiladigan bu sharbat chanqoqni qondirish bilan bir qatorda, sog‘likka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ovqat hazm qilish tizimini davolaydi
Rayhondan tayyorlangan sharbat ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, oshqozon kasalliklarining oldini olishga va davolashga yordam beradi. Shishish va dam bo‘lishning oldini oluvchi bu ichimlik mikroblarga qarshi kurashib, ichaklarni zararli mikroorganizmlardan himoya qiladi. Ovqat hazm qilish tizimidan aziyat chekadigan odamlarga rayhon sharbatini ichish tavsiya etiladi.
Keywords