
Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligi AQSH tashkil topganining 250 yilligi munosabati bilan milliy valyuta banknotalarida Amerika prezidenti Donald Tramp va soha rahbari Skott Bessentning imzolarini joylashtirish niyati borligini ma’lum qildi.
«Report» xizmatining AQSH Moliya vazirligiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, bu mamlakat tarixida davlat belgilarida amaldagi davlat rahbarining imzosi joylashtirilishining birinchi holati bo‘ladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Trampning imzosi milliy valyutaga qo‘yilishi, uning «AQSH iqtisodiy tiklanishining oltin davri me’mori» sifatidagi mamlakat tarihidagi o‘rnini hisobga olganda, «nafaqat o‘rinli, balki to‘laqonli munosibdir».
1776-yilda tasdiqlangan Mustaqillik deklaratsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Britaniya imperiyasi hukmronligidan ozod bo‘lganini anglatardi. Hujjat 1776-yil 2-iyulda Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida Kongress tomonidan ma’qullangan edi. Ikki kundan keyin Kongress deklaratsiyaning tahrirlangan shaklini tasdiqladi va uni chop etib, xalq ommasiga tarqatish haqida ko‘rsatma berdi. Shu sababli 4-iyul Amerika Qo‘shma Shtatlari asos solingan kun hisoblanadi.
Keywords