
«BBC» telekanalining rahbarlar kengashi yangi bosh direktorni tayinladi. Ushbu lavozimga «Google» kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalari bo‘yicha rahbari bo‘lib ishlagan Mett Brittin munosib ko‘rildi. Brittin 565 ming funt sterling maosh oladigan yangi vazifasiga shu yilning 18-mayida kirishadi. Ungacha Mett kompaniya ishlari bilan tanishib chiqadi. Bosh direktor vazifasini esa vaqtincha Rodri Talfan Devisga ishonib topshiradilar. Ta’kidlash joizki, Mett Brittin 2016-yildan 2025-yilga qadar «Google» kompaniyasida ishlagan. Shuningdek, u «The Guardian» nashri egasi bo‘lgan «Guardian Media» guruhining kengash a’zosidir.
Keywords