
Rossiyaning “Roskosmos” davlat korporatsiyasi qarori bilan mashhur kosmonavt Oleg Kononenko Yu.A. Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni “Roskosmos” rahbariyati tasdiqladi.
Yangi lavozimida Kononenko Xalqaro kosmik stansiyaga parvozlarni tashkil etish va Rossiyaning kelajakdagi orbital stansiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlash ishlariga rahbarlik qiladi. Shuningdek, muassasa tuzilmasini zamonaviylashtirish ham rejalashtirilgan.
Oleg Kononenko koinotda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi sohibidir (1110 kundan ortiq). U besh marotaba kosmik parvozni amalga oshirgan. Turkmaniston Qahramoni unvoni sohibi bo‘lgan Oleg Kononenko 1964-yilda Turkmanobod shahrida tug‘ilgan.
Keywords