
Gruziyaning “Black Sea Petroleum” (BSP) neftni qayta ishlash zavodi Turkmaniston va Qozog‘istondan keltiriladigan neftni qayta ishlashni boshlaydi.
“Business Media Georgia” agentligining dushanba kuni xabar berishicha, kompaniya bosh direktori David Poshveriya turkman xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini va yaqin oylarda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlanishini aytdi.
David Poshveriya hozirgi vaqtda Ozarbayjon orqali tranzit tarzida neftni muntazam tashish bo‘yicha logistika masalalari ham yakuniy bosqichda ekanligini ta’kidladi.
“Black Sea Petroleum” (BSP) — Gruziyaning Qora dengiz sohilidagi Kulevi shahrida joylashgan birinchi to‘liq quvvatli neftni qayta ishlash zavodidir. Hozirgi vaqtda korxona yiliga 1,2 million tonnagacha neftni qayta ishlab, nafta, mazut va dizel yoqilg‘isi komponentlarini ishlab chiqarmoqda.
Keywords