
Rossiya hukumati mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun o‘ta muhim xomashyo hisoblangan texnik oltingugurt (sera) eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni uzaytirdi. Bu haqda RF Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Imzolangan qarorga muvofiq, cheklov suyuq, donador va bo‘lakli oltingugurt eksportiga tegishlidir. U 2026-yilning 30-iyuniga qadar amalda bo‘ladi. Shu bilan birga, past sifatli oltingugurtni Sanoat va savdo vazirligi tomonidan berilgan tasdiqnoma asosida cheklovsiz eksport qilish mumkin bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Hukumat ushbu qaror mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni hozirgi darajada saqlab qolish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun xomashyoning ichki bozorga yetkazib berilishini barqarorlashtirishga imkon berishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, xabarga ko‘ra, vaqtinchalik cheklov quyidagi holatlarga taalluqli emas:
Texnik oltingugurt eksportiga vaqtinchalik cheklov 2025-yil 1-noyabrdan beri amal qilmoqda.
Keywords