
Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida taniqli adabiyotshunos olim, Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Mäti Köseýew tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan «Mäti Köseýew — adabiyotshunos olim» mavzusidagi ilmiy-ijodiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Turkmaniston» gazetasi xabar berdi.
Anjumanda Davlatmamat Ozodiy nomidagi Turkmaniston milliy jahon tillari instituti va Turkmaniston davlat madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Konferensiya joriy yilning yanvar oyida universitetda e’lon qilingan kitobxonlik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bilan boshlandi.
So‘zga chiqqanlar olimning turkman xalq og‘zaki ijodi va adabiyoti tarixini o‘rganishga qo‘shgan salmoqli hissasini qayd etdilar. Professorning 1959-yilda universitet qoshida Maxtumquli Firogiy muzeyini tashkil etishdagi xizmatlari alohida ta’kidlandi. Olimning Bayramxon, Davlatmamat Ozodiy, Maxtumquli Firogiy kabi siymolar hayoti hamda «Qo‘rqut ota», «Go‘ro‘g‘li» eposlari haqidagi ilmiy ishlari bugungi kunda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Keywords