
Mustaqillik yillarida Turkmaniston va xorijiy davlatlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasida keng ko‘lamli hamda o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Natijada mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ushbu sohadagi mutaxassislari hamda olimlari o‘rtasida birgalikda ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy hamkorlikni olib borish imkoniyatlari yaratildi. Bu hamkorlik tomonlarning o‘zaro tushunib ishlashini hamda bugungi kun ehtiyojlarini o‘ylangan holda amalga oshirishni talap etadi. Shu nuqtayi nazardan, davlatlarning turli sohalardagi, jumladan, huquq tizimidagi o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishda xorijiy tillar, xususan, ingliz va rus tillari muhim ahamiyatga ega.
Yaqinda oliy o‘quv yurtlari uchun «English for International Lawyers» darsligi (mualliflar: M. Orazova, A. Ovezova – A.: Turkman davlat nashriyot xizmati, 2026) nashr etildi. Ushbu darslik huquq, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. U 12 bo‘limdan iborat bo‘lib, huquqiy masalalarga doir mavzularni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, huquq haqidagi umumiy tushunchalar, Turkmaniston, Angliya va AQSHning huquqiy, davlat va siyosiy tizimlari, xalqaro hamkorlikdagi huquqiy masalalar haqidagi bilimlarni o‘zida jamlagan.
Mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda olimlar o‘rtasida birgalikda ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini olib borishga keng imkoniyatlar yaratib berayotgan Hurmatli Prezidentimiz Arkadagli Qahramon Serdarimizga hamda turkman xalqining Milliy Lideri Qahramon Arkadagimizga sog‘lik-salomatlik va ishlarida doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rliklar uchun cheksiz minnatdorlik bildiramiz.
Keywords