
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari yoshlari o‘rtasida «Ilmiy rivojlanishning strategik yo‘nalishlari va ilg‘or xalqaro tajriba» mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Malayziya xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida «Yosh ilmiy tadqiqotchi» xalqaro tanlovi tashkil etildi.
Xalqaro tanlovda o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan Myrat Garriyev nomidagi Turkmaniston Davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti 2-bosqich talabasi Guvanch Merdanovning muvaffaqiyati turkman yoshlarining imkoniyatlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini tasdiqladi. G. Merdanov nufuzli tanlov g‘olibi bo‘ldi. Shu munosabat bilan hamyurtimiz maxsus sertifikat va tanlov medali bilan taqdirlandi.
Uning ilmiy rahbari Gulnar Gulgeldiyevaga ham Faxriy yorliq topshirildi. Biz turkman talabasini ushbu ajoyib muvaffaqiyat bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Keywords