
Jahon banki Yer yuzida ulkan hajmdagi chuchuk suv havzalariga egalik qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. Bankning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Braziliya chuchuk suv zaxiralari miqdori bo‘yicha yetakchi davlatdir. Mamlakat 5661 milliard kubometr chuchuk suvga ega. Bu borada Rossiya 4312 milliard kubometr ko‘rsatkichi bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan. Kuchli beshlikni tegishli ravishda Kanada, AQSh va Xitoy yakunlab beradi. Ularning ko‘rsatkichlari 2850, 2818 va 2813 milliard kubometrga teng. Kolumbiya (2145 milliard kubometr), Indoneziya (2019 milliard kubometr), Peru (1641 milliard kubometr), Hindiston (1446 milliard kubometr) hamda Myanma (1003 milliard kubometr) kabi davlatlar ro‘yxatning dastlabki o‘nligini yakunlaydi.
Keywords