
Sun’iy intelekt olami to‘xtab turmaydi: Alibaba’dan Qwen3.5-Omni chiqishi bilanoq, OpenRouter platformasida yanada kuchliroq Qwen3.6 Plus Preview paydo bo‘ldi. Eng muhimi — modeldan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.
Yangi modelning kontekst oynasi 1 million tokenga teng. Bu degani, sun’iy intelekt bir urinishda butun boshli kitoblar to‘plamini yoki minglab qatorli dasturiy kodlarni tahlil qila oladi. Bepul foydalanishning yagona sharti — modelni yanada o‘qitish uchun foydalanuvchi so‘rovlarining to‘planishidir.
Material «Amul Info» texnologiya tahririyati tomonidan OpenRouter va Alibaba Cloud ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Keywords