
Alibaba Cloud jamoasi multimedia olamida inqilob qildi. Yangi Qwen3.5-Omni modeli nafaqat matn, balki audio va videoni ham birdek tahlil qiladi. Uning eng hayratlanarli jihati — «Audio-Visual Vibe Coding» qobiliyatidir: sun’iy intelekt ekrandagi video lavhani ko‘rib, ovozli ko‘rsatmalar asosida tayyor dasturiy kod yozib beradi.
Model 113 tilni tushunadi va audio tahlil borasida Gemini 3.1 Pro’dan o‘zib ketdi. 256 ming tokenlik kontekst oynasi yordamida u 10 soatlik audioni bir urinishda qayta ishlashga qodir. Bu dasturchilar va texnologiya ixlosmandlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Material «Amul Info» texnologiya tahririyati tomonidan Alibaba Cloud’ning Hybrid-Attention MoE arxitekturasi tahlili asosida tayyorlandi.
Keywords