
Turkman xalqining milliy boyligi va faxri bo‘lgan samoviy tulporlarning dunyodagi shon-shuhratini yanada yuksaltirish maqsadida, shuningdek, Turkman tulporining milliy bayrami munosabati bilan Turkmaniston Prezidenti tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishni imzoladi. Bu haqda “Watan” axborot dasturida xabar berildi.
Hujjatga muvofiq, Turkman tulporining milliy bayrami munosabati bilan 25-aprel kuni Ashxobod shahrida axaltaka otlarining xalqaro go‘zallik tanlovi hamda otlar go‘zalligini tasviriy va amaliy san’at asarlarida, nashriyot mahsulotlarida, fotosuratlarda va telekanallarda badiiy talqin etish bo‘yicha rassomlar, haykaltaroshlar, gilamdo‘zlar, zargarlar, fotosuratchilar, nashriyot xodimlari, dizaynerlar va teleoperatorlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish belgilandi. Shuningdek, ushbu tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibi tasdiqlandi.
Keywords