
Turkmanistonda Rossiyaning “Ozon” elektron savdo maydonchasi ish boshladi. Bu haqda juma kuni kompaniyaning rasmiy matbuot xizmatiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, dastlabki bosqichda tovarlarni yetkazib berish xizmati taxminan 10 kun davom etadi va buyurtmalarni “Turkmenpochta” pochta aloqasi kompaniyasi bo‘limlaridan olish mumkin bo‘ladi.
“Ozon” hozirgi vaqtda Rossiya ichki bozoridan tashqari Turkmanistonda va yana yetti mamlakatda savdo faoliyatini olib bormoqda.
Kompaniya 2021-yildan buyon MDH mamlakatlarida o‘z savdo faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, “Ozon” kompaniyasining Belarus Respublikasi, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Gruziyada logistika infratuzilmasi hamda savdo nuqtalari mavjud.
Keywords