
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim mamlakatning mustahkam xalqaro aloqalari va siyosiy barqarorligi dunyo miqyosidagi energetika muammolariga qaramay, neft va gaz yetkazib berishda barqarorlikni saqlab qolish imkonini berganini ta’kidladi.
Bosh vazir shanba kuni, 13-iyun kuni Sabah shtatidagi avtomobil yo‘lining tamal toshini qo‘yish marosimida qilgan nutqida Malayziyaning diplomatik siyosati samaradorligi haqida to‘xtaldi. U Malayziyaning o‘ylangan yondashuvi natijasida Turkmaniston va Rossiya kabi davlatlar uni yaqin va ishonchli hamkor sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
Anvar Ibrohim yaqinda Turkmanistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yodga olib, Turkmaniston rahbariyatining «Petronas» kompaniyasi orqali dunyodagi eng yirik gaz konlaridan birini o‘zlashtirishda Malayziya bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini aytdi.
Ma’lumki, 12-iyun kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hukumat majlisida Malayziya Bosh vazirining Ashxobodga amalga oshiradigan tashrifiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobot berdi. Prezident Serdar Berdimuhamedov olib borayotgan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida Osiyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Keywords