
Turkmaniston ichimlik sanoatining yetakchi vakili bo‘lgan “Archalyk” xususiy korxonasi 5–8-may kunlari Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan “InterFood Azerbaijan” 31-xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu haqda tadbirning rasmiy tashkilotchilari xabar bermoqda.
Kaspiybo‘yi mintaqasining eng yirik ozi-ovqat forumlaridan biri hisoblangan ushbu ko‘rgazma har yili dunyoning 20 dan ortiq davlatidan minglab mutaxassislar va ishbilarmon hamkorlarni bir joyga jamlaydi.
“InterFood Azerbaijan” ko‘rgazmasining ekspozitsiyasi nafaqat tayyor mahsulotlarni, balki zamonaviy texnologiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mahsulotlar namoyish etiladi:
Ko‘rgazma dasturida B2B (biznesdan-biznesga) shaklidagi ikki tomonlama uchrashuvlarga alohida o‘rin berilgan. Ushbu uchrashuvlar “Archalyk” kompaniyasiga xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va mintaqa bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.
Ushbu yirik miqyosli tadbir Ozarbayjon davlat tuzilmalari, tarmoq assotsiatsiyalari va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Keywords