Turkmaniston Prezidenti Bäherden, Bolqon va Lebap viloyatlaridagi sement zavodlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida tegishli hujjatni imzoladi.

Bu haqda «Vatan» axborot dasturida xabar berildi.

Hujjatga muvofiq, Turkmaniston Sanoat va qurilish ishlab chiqarish vazirligiga qarashli sement zavodlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish topshirildi.

Mazkur chora-tadbirlar sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalar va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, korxonalarning samarali hamda barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan.

Zavodlarning moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirish mamlakatda qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qondirish hamda milliy qurilish sanoatining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.