2026-yil 26-oktabr kuni Turkmaniston Aloqa vazirligida «O‘rningiz to‘rda, hurmatingiz yuksak, aziz ayollar, siz hayot bezagisiz» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlar hamda milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi.
Anjuman Turkmaniston Aloqa vazirligi va Turkmaniston Xotin-qizlar birlashmasi Markaziy kengashi hamkorligida tashkil etildi. Unda vazirlik hamda unga qarashli muassasa va korxonalarda faoliyat yurituvchi ayol xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Turkmanistonning erishayotgan yutuqlarini targ‘ib qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, milliy meros va asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analarni asrab-avaylash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yosh avlodni milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda ayollarning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.