
Muqaddas Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanali nishonlanayotgan joriy yilda quyoshli o‘lkamizning barcha sohalarida yuksak marralarga erishilmoqda.
Yurtimizda oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligini ta’minlash va bosh bayramimizni mehnat zafarlari bilan kutib olish yo‘lida Turkmanobod galla mahsulotlari korxonasida olib borilayotgan ishlar ham alohida e’tirofga loyiqdir. Ushbu zamonaviy korxona yiliga 100 ming tonna iste’mol gallasini saqlash hamda 80 ming tonna un va un mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘limlarida dunyoga mashhur yetakchi kompaniyalarning innovatsion texnologiyalari o‘rnatilgan.
— Zamonaviy ishlab chiqarishimizda yildan-yilga yuqori mehnat ko‘rsatkichlariga erishmoqdamiz. Joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 43 million 427 ming 800 manatga teng bo‘lib, reja 100,2 foizga bajarildi. Tegishli davrda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 123,8 foizni tashkil etdi. Yanvar — mart oylarida jami 13 ming tonnadan ortiq un ishlab chiqarildi, shundan 4 ming 315 tonnasi oliy navli, 8 ming 686 tonnasi esa birinchi navli unlardir. Shuningdek, 27 tonna manniy yormasi ishlab chiqarilib, reja 100 foizga ado etildi. 3 ming 956 tonna kepak tayyorlanib, reja 103,3 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati esa 123,7 foizga yetdi, — deydi korxona iqtisodchisi va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Govxer Avezova.
Ishlarning tizimli yo‘lga qo‘yilishi yangi zafarlarga zamin yaratmoqda. Korxona yutuqlarida har bir ishchi va mutaxassisning munosib hissasi bor. Xususan, tegirmon mudiri Baymirat Jo‘rayev, mexanik Mirat Bashimov, operator Ovlyakuli Ergashev, sifat nazorati bo‘limi xodimi Maral Rejepova va boshqalar hamkasblariga o‘rnak bo‘lmoqdalar.
Korxonaning ahil jamoasi zamonaviy ishlab chiqarishda ishlash uchun yaratilgan keng imkoniyatlar uchun Qahramon Arkadagimiz va Arkadagli Qahramon Serdarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Keywords