
2026-yil 3-iyun kuni Turkmanistonning Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan Butunjahon velosiped kuni hamda Turkmaniston Mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan poytaxt Anqara shahrida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi. Anqaraning eng go‘zal go‘shalaridan biri bo‘lmish Eymir ko‘li qirg‘og‘idagi maxsus velosiped yo‘lagida o‘tkazilgan ushbu tadbirda diplomatik vakolatxonalar xodimlari, Turkiyadagi turkman diasporasi vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda oliy oquv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar faol ishtirok etdilar.
Sport marshi boshlanishi arafasida tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Butunjahon velosiped kunining aynan Turkmaniston tashabbusi asosida BMT tomonidan ta’sis etilishi dunyo hamjamiyatida alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladilar. Ushbu xalqaro bayramning yaratilishi mamlakatimizning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini barqaror targ‘ib qilish, ekologik toza transport vositalarini hayotga tatbiq etish hamda yosh avlodni atrof-muhitga asrab-avaylab munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarining yaqqol natijasidir.
Ko‘l qirg‘og‘idagi sport marshi yakunlangach, unda ishtirok etgan mehmonlar va yoshlar sportni rivojlantirishga, dunyoda tinchlik, do‘stlik hamda barqaror hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Turkmanistonning davlat darajasidagi xalqaro tashabbuslarini hamisha to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini katta g‘urur bilan bayon etdilar.
Keywords