
Qadimiy Xiva shahri mintaqaviy hamkorlikning yangi markaziga aylanadi. 2026-yilning 16–17-aprel kunlari bu yerda «Markaziy Osiyo + Germaniya» (C5+1) formatidagi birinchi ekspertlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Ushbu muhim tadbir O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumning asosiy maqsadi «Markaziy Osiyo + Germaniya» hamkorligining tahliliy bazasini yaratish va ekspertlarning doimiy ishlovchi platformasini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Forumda 50 dan ortiq vakil, jumladan:
Ikki kun davomida ekspertlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, sanoat va iqtisodiy hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda mehnat migratsiyasini tartibga solish kabi muhim yo‘nalishlarni muhokama qiladilar. Shuningdek, akademik almashinuvlar orqali inson kapitalini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
«Markaziy Osiyo + Germaniya» formati Germaniya Federativ Respublikasi bilan mintaqaning besh davlati — Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni anglatadi. Xiva forumi ushbu hamkorlikning yangi ilmiy va amaliy yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ladi.
Keywords