Dunyoda 40 mingdan ortiq aeroport faoliyat yuritadi. Har kuni Yer yuzida 100 mingdan 130 mingtagacha aviaqatnov amalga oshiriladi. Bu ko‘rsatkichlar havo transportining xalqaro tashuvlar va turizm sohasida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda aeroportlarda yo‘lovchilarning vaqtini tejash, qulay dam olishini ta’minlash hamda xizmatlar sifatini oshirish maqsadida zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, uzoq masofalarga parvoz qiladigan yo‘lovchilar uchun dam olish hududlari, savdo markazlari, ovqatlanish joylari va maxsus xizmatlar katta ahamiyatga ega.
Shunday aeroportlardan biri Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan xalqaro aeroportdir. Dunyoning yirik sayyohlik markazlaridan birida joylashgan ushbu aeroport yo‘lovchilar oqimining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Uning keng savdo hududlarida ko‘plab boj olinmaydigan Duty Free do‘konlari faoliyat yuritadi.
Dubay xalqaro aeroportida yo‘lovchilar uchun maxsus sayr va yugurish yo‘laklari, VIP zallar, kafelar hamda boshqa qulay xizmatlar tashkil etilgan. Bu imkoniyatlar aeroportning nafaqat transport markazi, balki yo‘lovchilar vaqtini maroqli va qulay o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan zamonaviy majmua sifatidagi ahamiyatini ham oshiradi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.