Daniyaning mashhur ECCO brendi Turkmanistondagi xaridorlar uchun o‘zining yangi mavsumiy kolleksiyasini Ashxobod shahridagi "Berkarar" savdo va ko‘ngilochar markazining 1-qavatida joylashgan rasmiy do‘konida taqdim etdi. Yangi to‘plamdan erkaklar, ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan krossovkalar, klassik poyabzallar, sandallar hamda charm sumkalar, kamar va hamyonlar o‘rin olgan.
1963-yilda Daniyada tashkil etilgan ECCO kompaniysi yuqori sifatli charm va innovatsion FLUIDFORM™ texnologiyasi bilan butun dunyoga tanilgan. Ushbu usul yelim va choklarsiz poyabzal tagligini oyoq shakliga mos ravishda birlashtirish imkonini beradi. Yevropa va Osiyoda o‘z charm zavodlariga ega bo‘lgan ECCO brendi Turkmaniston bozorida yuqori qulaylik va chidamlilikni taklif etishda davom etmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.