Audi kompaniyasi nemis brendi tarixidagi eng yirik seriyali avtomobil — yangi Q9 modelini rasman taqdim etdi. BMW X7 va Mercedes-Benz GLS bilan raqobat qilish uchun yaratilgan flagman krossover oʻlchamlari, yuqori darajadagi saloni hamda Audi modellarida ilgari ishlatilmagan texnologiyalari bilan ajralib turadi. Yevropada buyurtmalar qabul qilish boshlangan boʻlib, Germaniyada narxi 108 400 yevrodan, AQShda esa 87,7 ming dollardan boshlanadi.

Audi Q9 brend tarixidagi eng yirik avtomobilga aylandi

Yangi Audi Q9 ning asosiy oʻziga xosligi uning oʻlchamlaridadir. Kuzov uzunligi 5,31 metrni, gʻildirak bazasi эsa 3,14 metrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, flagman Audi Q7 dan 250 mm uzunroq. Manevr imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida krossover orqa gʻildiraklarni besh darajagacha buruvchi tizim, 23 dyuymli gʻildiraklar va adaptiv pnevmatik osma bilan jihozlandi.

Innovatsion chiroqlar va dizayn

Yangi Q9 brendning seriyali modellari orasida birinchilardan boʻlib egilgan orqa LED chiroqlarini oldi. Har bir blok 512 ta alohida segmentdan iborat. Shuningdek, burilish signallarini yoʻlga proyeksiya qilish xavfsizlik funksiyalariga kiritilgan.

Katta hajm, ChatGPT va 22 dinamikli salon

Salon yetti kishiga moʻljallangan boʻlib, ikkinchi qatorda alohida qulay kreslolarni buyurtma qilish mumkin. Model krossoverlar orasida birinchi boʻlib elektr boshqaruvli avtomatik orqa eshiklarga ega boʻldi. Maydoni 1,5 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan panaramik tom shaffofligini oʻzgartira oladi.

Old panelda uchta ekran joylashgan: raqamli panel, Android bazasida ishlaydigan 14,5 dyuymli ChatGPT qoʻllab-quvvatlaydigan markaziy ekran va old yoʻlovchi uchun 12,3 dyuymli alohida displey. Audio tizim sifatida 22 ta dinamikka ega Bang & Olufsen oʻrnatilgan.

Dizel V6 va AQSh uchun kuchli V8

Yevropada Q9 dastlab 3,0 litrli V6 dizel dvigateli (299 o.k., 630 Nm) va toʻla privod bilan taklif etiladi. Keyinroq 245 ot kuchiga ega versiyasi chiqadi. AQSh bozori uchun 429 ot kuchiga ega V6 va SQ9 versiyasi uchun 4,0 litrli V8 (591 o.k., 800 Nm) tayyorlangan.

Ishlab chiqarish Bratislavadagi zavodda yoʻlga qoʻyilgan, Yevropadagi ilk avtomobillar noyabr oyiga borib egasiga yetib boradi. Kelgusida Horch deb nomlangan oʻta qimmatbaho versiya ham chiqishi kutilmoqda.