
Gökdere shifobaxsh havosi va goʻzal tabiati bilan bugungi kunda yozgi taʼtilda dam olayotgan jajji bolajonlarning ardoqli maskaniga aylandi. Bu yerda bolalarning har bir kuni quvonchli lahzalarga boy oʻtmoqda. Yurtimizning yorqin kelajagi boʻlgan yosh avlodning bunday joylarda dam olishi va vaqtini chogʻ oʻtkazishi uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Maʼlumki, Gökdere vodiysida bolalarning dam olishi va salomatligini mustahkamlashi uchun bir nechta markazlar faoliyat yuritmoqda. Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Türkmenbakaleýa» davlat ulgurji-chakana savdo firmasining «Ýaşlyk» sogʻlomlashtirish markazida bugun yosh avlodning quvnoq kulgusi balanddan yangramoqda. Bu markaz 450 nafar bolaga moʻljallangan boʻlib, yosh avlodimizning vaqtini quvnoq oʻtkazishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, Röwşen Gurbanow boshchiligidagi «Ýaşlyk» sogʻlomlashtirish markazida bolalar 6 mahal turli taomlar bilan taʼminlanadi. Markazda bolalar 10 ta guruhga boʻlinib, ularga zamonaviy nomlar qoʻyilgan. Har bir guruh oʻziga xos shior tanlab, baxtli lahzalarida katta gʻurur bilan takrorlaydilar. Ushbu guruhlar oʻrtasida bolalarning vaqtini chogʻ oʻtkazishi uchun turli tanlovlar tashkil etiladi.
Keywords