Mamlakatimizda muqaddas Mustaqilligimizning 35 yillik shonli sanasini munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning qatorida viloyat aholisi va muassasalarini tabiiy gaz bilan to‘kin hamda ishonchli ta’minlashda «Dashoguzgazupjunchilik» boshqarmasining mutaxassislari ulkan mehnat qilmoqdalar. Xususan, boshqarmaning «Gubadagetrapgaz» gaz xo‘jaligi korxonasi xodimlari tomonidan Buyuk davlatning yangi a’sri G‘alkinish davrining yuksak ruhiga mos ravishda maqsadga muvofiq ishlar olib borilmoqda.
Korxonaning tegishli xizmatlari hozirgi vaqtda havorang yoqilg‘ining tejab sarflanishiga qattiq nazorat o‘rnatganlar. Shuningdek, etrap hududidagi turli bosimdagi gaz quvurlari, gaz taqsimlovchi va sozlovchi uskunalarni mukammal ta’mirlab, ularning o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish ishlari kuchaytirildi. Shu bilan birga, yagona gaz tizimini kelgusi kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha ham kompleks chora-tadbirlar uyg‘un tarzda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda etrapda turli bosimdagi va turli o‘lchamdagi 14 ming 150 kilometrdan ortiq yagona gaz tizimi hamda 400 dan ortiq gaz sozlovchi va taqsimlovchi uskunalar yilning istalgan mavsumida nuqsonsiz va xatosiz ishlashi ta’minlanmoqda. Gubadag shahrida va qishloq joylarida mehnat qilayotgan tashqi gaz quvurlari va gaz sozlovchi uskunalarga nazorat xizmati mutaxassislari tomonidan gaz quvurlarining zarur bo‘lgan qismlari yangilanib, uskunalarning texnik quvvati yanada oshirilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.