Hindistonning Ashxoboddagi elchixonasi diplomatik vakolatxona binosida qo‘riqchi lavozimida ishlash uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilishni boshladi.
Elchixonaning rasmiy xabariga ko‘ra, jami uchta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Nomzodlar bir qator talablarga javob berishi kerak. Ularning yoshi 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi, kamida o‘rta ma’lumotga ega, jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, turkman, rus va ingliz tillarini og‘zaki hamda yozma shaklda bilish zarur.
Bundan tashqari, nomzodlar xavfsizlik sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Qo‘riqchining ish vaqti kuniga 8 soatni tashkil etadi. Ish joyi elchixona binosi va diplomatik vakolatxona rezidensiyasini o‘z ichiga oladi. Asosiy vazifalar qatoriga hudud xavfsizligini ta’minlash, tashrif buyuruvchilarning kirib-chiqishini nazorat qilish, yuklar va elektron qurilmalarni tekshirish hamda xavfsizlik bilan bog‘liq boshqa ishlarni bajarish kiradi.
Qiziqish bildirgan nomzodlar o‘z tarjimai holi, ta’lim darajasi va avvalgi ish tajribasi haqidagi ma’lumotlarni quyidagi manzilga yuborishlari lozim:
Hindiston elchixonasi, Xalqaro biznes markazi, Yunus Emre ko‘chasi 1, Parahat 2/1, pochta qutisi №80, Ashxobod – 744017, Turkmaniston.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni ish kunlari 09:00–13:00 va 14:00–17:30 oralig‘ida 45-61-52, 45-61-53 telefon raqamlari yoki hoc.ashgabat@mea.gov.in, admn.ashgabat@mea.gov.in elektron pochta manzillari orqali olish mumkin.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 14-avgust.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.