Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligining Dengiz va daryo transporti davlat xizmati tomonidan Kaspiy dengizining turkman sektorida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha uch bosqichli majmuaviy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Ushbu harakatlar Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat guruhining 2026-yil uchun ish reeasi doirasida amalga oshirildi.

Oʻquv mashgʻuloti rejasiga koʻra, «Jigʻalbek» neft-gaz konining «Jdanov-A» platformasida neftning shartli toʻkilishi yuzaga keldi. Bu avariya haqidagi xabar Turkmanboshi xalqaro dengiz portining Kemalarni boshqarish markazi operatoriga kelib tushdi va u darhol fuqaro muhofazasi hamda favqulodda vaziyatlarda chora koʻradigan xizmatlarga xavotir xabarini berdi.

Portning Fuqaro muhofazasi markazida harakatlarni muvofiqlashtirish uchun tezkor markaz tuzildi. Rahbariyat tarkibi avariyani bartaraf etish boʻyicha taktikani belgilayotgan vaqtda, Kaspiy ekologik nazorat xizmati mutaxassislari maxsus kema orqali ekologik nazorat oʻtkazib, neft tarqalgan maydonni oʻlchadilar va dengiz suvidan namunalar oldilar.

Shartli avariya zonasiga ixtisoslashtirilgan dengiz kuchlari Turkmanboshi xalqaro dengiz portining Dengiz halokatidan qutqaruv xizmati bilan birgalikda keldilar. Qutqaruvchilar tezlik bilan maxsus cheklovlarni yoyib, toʻkilgan neftni lokalizatsiyalashtirdilar va yigʻdilar hamda ekologiyaga zarar yetishining oldini oldilar. Oʻquv mashgʻulotining natijalari va oʻtkazilgan tiklash ishlariga berilgan bahoga koʻra, tezkor xizmatlar qoʻshma harakatlarning chaqqonligi va aniqligi uchun «Tayyor» degan yuqori bahoga sazovor boʻldilar.