Lotin Amerikasining bir nechta mamlakatida kuchli yomg‘irlar oqibatida suv toshqinlari yuz berib, aholi yashash hududlarini suv bosdi. Tabiiy ofatlar turar joylar, avtomobil yo‘llari va boshqa infratuzilma obyektlariga zarar yetkazdi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar bermoqda.
Ekvadorda suv toshqinlari ko‘chalar, turar joylar va asosiy avtomobil yo‘llarini suv ostida qoldirdi. Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi, aeroportlar faoliyati esa vaqtincha to‘xtatildi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aholi vaqtinchalik joylashtirish markazlariga ko‘chirilmoqda. Xabarda aytilishicha, suv toshqinlari 23 ming kishiga ta’sir ko‘rsatgan va insonlar halok bo‘lgan.
Meksikada ham kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Qiyalikning qulab tushishi natijasida hosil bo‘lgan kuchli suv oqimi avtomobillarni yo‘llardan surib ketdi.
Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun maxsus markazlar tashkil etildi. Shuningdek, shikastlangan kanalizatsiya tizimlari va boshqa infratuzilma obyektlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.