O‘zbekiston Markaziy banki raisi Timur Ishmetov Markaziy Osiyo mamlakatlari sarmoya jalb qilishda alohida bozorlar sifatida emas, balki yagona iqtisodiy makon sifatida namoyon bo‘lishi ancha samaraliroq bo‘lishini aytdi. Bu haqda Financial Times nashri ma'lumotlari hamda Gazeta.uz tomonidan chop etilgan xabarlarda qayd etilgan.
Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy siyosatini yaqinroq muvofiqlashtirishi va ochiq savdo makonini yaratishi Markaziy Osiyoning xalqaro investorlar uchun jozibadorligini oshirishi mumkin.
Mintaqa aholisi yaqin yillarda 100 milliondan oshishi, umumiy iqtisodiy quvvati esa kelgusida 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Markaziy Osiyoni yirik xalqaro investitsiyalar uchun yirik bozorlardan biriga aylantirishi mumkin.
O‘zbekiston Markaziy banki raisi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi qo‘shnichilik munosabatlarining yaxshilanishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotganini ham ta'kidladi. Uning fikricha, umumiy bozorning shakllantirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlarining jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga imkon beradi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.