Turkman zamini o‘zining betakror tabiiy go‘zalligi, o‘simlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligi hamda boy tabiiy resurslari bilan ajralib turadi. Ajdodlarimiz tabiatga alohida ehtirom ko‘rsatib, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrab-avaylashni hayotiy tamoyilga aylantirganlar. Ana shu milliy an’analarni davom ettirish va tabiiy merosni kelajak avlodlarga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan davlat ekologiya siyosati atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlash hamda boyitishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish va tabiat go‘zalligini kelajak avlodlarga yetkazishni ko‘zda tutadi.

Bugungi kunda Turkmaniston biologik xilma-xillikni saqlash, tarixiy va tabiiy yodgorliklarni asrab-avaylash, sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ishlab chiqarishga «yashil» texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tabiatni muhofaza qilish nafaqat davlat idoralarining, balki jamiyatning har bir a’zosining ham mas’uliyatidir. Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish ekologik farovonlikning muhim shartlaridir.