Turkmanistonning erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan «RAF Next Gen Abu Dhabi 2026» xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 7 ta medalga sazovor bo‘ldi. Turkmanistonlik sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Musobaqaning oltin medal sohiblari:

  • Yklym Gaytnazarov — 30–34 kg;

  • Ydris Melejayev — 71 kg;

  • Ahmet Bayramov — 92 kg.

Kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar:

  • Ýusup Bayramov — 75 kg;

  • Hajy Gaytnazarov — 38 kg.

Bronza medali sohiblari:

  • Ybraýym Babaliyev — 34 kg;

  • Salyh Nurmuhammedov — 38 kg.

«Amulinfo» sayti tahririyati yosh polvonlarni xalqaro musobaqadagi muvaffaqiyatlari bilan, shuningdek, sportchilarni bellashuvlarga tayyorlagan murabbiylarni samimiy tabriklaydi.

Yosh sportchilarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini, yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishlarini hamda Turkmaniston sportining nufuzini yanada yuksaltirishlarini tilaymiz!