Qoraqum choʻlining markaziy qismidagi «Chemmerli» gaz konlarida yangi baholash-foydalanish qudugʻi ishga tushirildi. Bu yerdan olingan sanoat ahamiyatidagi tabiiy gazning kecha-kunduzlik miqdori 150–200 ming kubmetrga yetdi.

1200 metr chuqurlikdagi № 265 quduq «Turkmengaz» davlat konsernining «Dovlatabatgazchikarish» boshqarmasi mutaxassislari tomonidan muvaffaqiyatli burgʻulandi. 1114–1110 metr oraligʻidagi mahsuldor qatlamda oʻtkazilgan sinov ishlari natijasida barqaror kecha-kunduzlik oqim qayd etildi. Bu koʻrsatkich mahalliy konning sanoat jihatidan yuqori quvvatga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

«Chemmerli» konini oʻzlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar mamlakatimiz neft-gaz sanoatining xomashyo bazasini kengaytirishga qaratilgan dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Yuqori debitli yangi quduqlarning foydalanishga berilishi «koʻk yoqilgʻi» chiqarilish miqdorlarini oshirishga, mamlakatimizning ichki zaruriyatlarini toʻliq taʼminlashga hamda Turkmanistonning jahon energetika bozoridagi eksport imkoniyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.