
Dunyoda mehmondoshlik va biznes ramzi sifatida bir chashka kofe taqdim etiladi. Odamlar kofe ustida hol-ahvol so‘rashib, ish va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashadilar. Hozirgi vaqtda dunyoda kofening arabika, robusta, liberika kabi 120 dan ortiq turi mavjud. Tayyorlanish usuliga ko‘ra esa uning espresso, amerikano, latte, kapuchino, moki, turk kofesi va suzilgan kofesi kabi turlari keng tarqalgandir.
Odatda, ko‘p joylarda kofening yonida bir stakan suv ham keltiriladi. Kofening yonida suv keltirilishining nafaqat an’ana-tedbirlar bilan bog‘liq, balki sog‘liq va ta’m jihatidan juda muhim sabablari bor.
Ta’mni sezishga va tomoqni tozalashga ko‘p yordam beradi
Kofedan oldin yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri undan so‘ng suv ichilishi bu ichimlikning kuchli achchiqligini yo‘qotishga va uning o‘ziga xos xushbo‘y hididan to‘liq lazzatlanishga imkon beradi. Suv og‘iz bo‘shlig‘ini va tomoqni oldingi yegan narsalarning ta’midan tozalaydi, natijada odam kofening haqiqiy ta’mini yanada aniqroq sezadi. Shuningdek, kofening tarkibidagi kofein og‘iz qurishini keltirib chiqarishi mumkinligi uchun, suv ichish bu holatni muvozanatlashga va yomon ta’mni yo‘q qilishga yordam beradi.
Keywords