Turkmaniston poytaxti Ashgabat shahri navbatdagi bor dunyo energetika elitasini bir joyga jamlamoqda. 2026-yilning 21–23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Turkmaniston neft va gazi – OGT 2026” 31-xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun rasmiy ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi.
Bu yilgi tadbir shiori: “Energiya, Hamkorlik, Taraqqiyot”
OGT 2026 forumi o‘tgan yilgi OGT 2025 tadbirining katta muvaffaqiyatlari davomi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan galgi forumda:
- 70 dan ortiq davlatdan 1400 dan ziyod vakil;
- 100 dan ortiq xalqaro kompaniya;
- 80 ga yaqin yuqori darajali ma’ruzachi va moderatorlar ishtirok etdi.
OGT 2026 kun tartibidan energetika sohasining eng muhim masalalari o‘rin oladi. Asosiy e’tibor dunyodagi eng yirik gaz konlaridan biri bo‘lgan “Galkynyş” konining IV bosqichini o‘zlashtirishga qaratiladi. Ushbu loyiha yiliga qo‘shimcha 10 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarishga sharoit yaratadi.
Boshqa muhim yo‘nalishlar:
- TAPI loyihasi: Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston — Hindiston gaz quvuri qurilishi;
- Kaspiy dengizi: Turkmaniston sektoridagi dengiz konlarini o‘zlashtirish;
- Ekologik barqarorlik: Metan chiqindilarini kamaytirish va “yashil” energetikaga o‘tish;
- Kelajak energiyasi: Vodorod energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
- Raqamlashtirish: Neft-gaz sohasiga intellektual tizimlarni joriy etish.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar OGT 2026 rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.