Turkiyaning arzon narxlardagi aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi «Pegasus Airlines» aviakompaniyasi Istanbuldan O‘zbekistonning Buxoro, Andijon va Termiz shaharlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini ochishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning rasmiy internet saytida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar savdoga chiqarilgani ma’lum qilindi.

Yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ilk reyslarni quyidagi sanalarda amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • Buxoro — 2026-yil 14-dekabrdan;

  • Andijon — 2026-yil 18-dekabrdan;

  • Termiz — 2027-yil 1-martdan.

Istanbuldan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxi 99 AQSh dollaridan, soliqlar bilan birga esa 89,99 yevrodan boshlanadi. Parvozlar Istanbuldagi Sabiha Gökçen xalqaro aeroporti orqali amalga oshirilishi kutilmoqda. Ushbu aeroport «Pegasus Airlines» aviakompaniyasining asosiy qatnov markazlaridan biri hisoblanadi.

Kompaniyaning eng arzon xalqaro tarifi — «Light» narxiga bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va standart qo‘l yuki kiritilmagan. Ushbu tarif bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchi samolyot saloniga faqat og‘irligi 3 kilogrammgacha, o‘lchamlari 40×30×15 santimetrdan oshmaydigan kichik sumkani bepul olib kirishi mumkin. Sumka yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga joylashtirilishi kerak.

Qo‘shimcha bagajni tashish uchun alohida haq undiriladi.