Yaponiyaning markaziy hududida magnitudasi 5,7 ga teng zilzila qayd etildi. Bu haqda «news.by» nashri xabar bermoqda.
Tabiiy hodisa oqibatida 22 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila vaqtida ayrim do‘konlarning shisha vitrinalari sinib, ichidagi mahsulotlarga zarar yetgan.
Hozircha keng ko‘lamli vayronagarchiliklar yoki jiddiy oqibatlar haqida ma’lumot berilmagan. Yaponiyadagi binolarning aksariyati seysmik faollikni hisobga olgan holda qurilgani ehtimoliy zararning oldini olishga yordam bergan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.