«Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bhd» kompaniyasi Giyanli qishlog‘ida joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlarida ishlash uchun konlarni tahlil qilish bo‘yicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif etadi. Bu haqda «Turkmaniston» gazetasining tegishli sonida (27.05.2026y) rasmiy e’lon chop etildi.

Uglevodorod resurslarini qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Petronas» o‘z jamoasiga qo‘shilishni istagan nomzodlar oldiga quyidagi asosiy talablarni qo‘yadi:

Qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Ma’lumoti: Istalgan muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim (kimyo muhandisligi yoki neft va gazni qazib olish texnologiyasi yo‘nalishiga alohida afzallik beriladi).
  • Ish tajribasi: Tegishli sohada va ko‘rsatilgan yo‘nalishga muvofiq 5 yildan 7 yilgacha mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak.
  • Til bilish qobiliyati: Turkman, ingliz va rus tillarida erkin gaplasha olish va yoza bilish qobiliyati talab qilinadi.
  • Ko‘nikma va malakalar: «MS Office» (Word, Excel, PowerPoint) dasturlar paketida yuqori darajada ishlay olishi lozim.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Ishga kirish uchun tegishli so'rovnomalarni kompaniyaning Ashxobod shahri, Saparurat Turkmanboshi shohko‘chasi, 81-uy («B» blok) manzilida joylashgan binosidan olishingiz mumkin.

To‘ldirilgan so‘rovnomalar va nomzod haqidagi to‘liq ma’lumotlar (rezume) e’lon chop etilgan kundan boshlab, 2 haftadan kechiktirmasdan topshirilishi lozim. Hujjatlarni quyidagi usullardan biri orqali yuborishingiz mumkin:

  • Kompaniyaning Ashxoboddagi binosiga nomzodning ismi va familiyasi aniq ko‘rsatilgan holda qo‘ldan topshirilishi kerak;
  • recruitment.tm@petronas.com.my elektron manzili orqali raqamli ko‘rinishda yuborilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya mutaxassislari tomonidan faqat ko‘rsatilgan talablarga to‘liq javob beradigan nomzodlargina saralab olinadi va hujjatlari muvaffaqiyatli o‘tganlar keyingi bosqichga — suhbatga chaqiriladi.