Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining Gidrometeorologiya xizmatining joriy hafta ob-havo sharoiti haqidagi ma’lumotida ta’kidlanishicha, bu hafta mamlakatda yozning oxirgi haftasiga nisbatan biroz salqinroq hamda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. «Turkmaniston» gazetasining bugungi sonida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ashxobodda ozgina bulutli, haftaning o‘rtalarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan shimoli-g‘arbga yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, tezligi sekundiga 11 — 13 metrdan 15 — 17 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +18... +20 dan +24... +26 darajagacha iliq, kunduz kunlari +29... +31 daraja iliqdan +36... +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Balkan viloyatida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan shimoli-g‘arbga yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, tezligi sekundiga 9 — 14 metrdan 14 — 19 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +16... +21 dan +23... +28 darajagacha iliq, kunduz kunlari +32... +37 daraja issiq, viloyatning qirg‘oqbo‘yi tumanlarida +29... +34 daraja iliq bo‘ladi.
Ahol viloyatida ozgina bulutli, haftaning o‘rtalarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan shimoli-g‘arbga yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, tezligi sekundiga 8 — 13 metrdan 13 — 18 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +15... +20 dan +22... +27 darajagacha iliq, kunduz kunlari +27... +32 daraja iliqdan +34... +39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Mari viloyatida ozgina bulutli, haftaning o‘rtalarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, shimoli-sharqdan sekundiga 7 — 12 metrdan 13 — 18 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +14... +19 dan +20... +25 darajagacha iliq, kunduz kunlari +27... +32 daraja iliqdan +33... +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Lebap viloyatida ozgina bulutli, haftaning o‘rtalarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, shimoli-sharqdan sekundiga 9 — 14 metrdan 13 — 18 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +13... +18 dan +21... +26 darajagacha iliq, kunduz kunlari +26... +31 daraja iliqdan +34... +39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Dashoguz viloyatida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘lib, haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shimoli-sharqdan sekundiga 8 — 13 metrdan 12 — 17 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechalari +12... +17 dan +18... +23 darajagacha iliq, kunduz kunlari +22... +27 darajadan +29... +34 darajagacha iliq bo‘ladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.