Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Gidrometeorologiya xizmatining joriy hafta uchun ob-havo sharoiti haqidagi maʼlumotlarida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda havo issiq va qisman yogʻingarchilikli boʻladi. Bugungi “Türkmenistan” gazetasida quyidagilar maʼlum qilinadi:

Ashxobodda kam bulutli ob-havo kuzatiladi, sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalishini oʻzgartiruvchi shamol esadi, uning tezligi sekundiga 10–13 metrdan 14–16 metrgacha yetadi. Havo harorati kechasi +23... +25 darajadan +27... +29 darajagacha iliq, kunduzi +36... +38 darajadan +39... +41 darajagacha issiq boʻladi.

Balkan viloyatida ozroq bulutli, haftaning oxirida oʻzgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, qisman biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalishini oʻzgartiruvchi shamol esib, uning tezligi sekundiga 9–14 metrdan 12–17 metrgacha yetadi. Havo harorati kechasi +22... +27 darajadan +26... +31 darajagacha, kunduzi +36... +41 daraja, viloyatning qirgʻoqboʻyi tumanlarida +33... +38 daraja issiq boʻladi.

Ahal viloyatida kam bulutli ob-havo boʻlib, sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalishini oʻzgartiruvchi shamol esadi, tezligi sekundiga 8–13 metrdan 11–16 metrgacha yetadi. Havo harorati kechasi +21... +26 darajadan +25... +30 darajagacha iliq, kunduzi +33... +38 darajadan +36... +41 darajagacha issiq boʻladi.

Mari viloyatida oz bulutli ob-havo kuzatilib, shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metrdan 10–15 metrgacha tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi +20... +25 darajadan +23... +28 darajagacha iliq, kunduzi +33... +38 darajadan +36... +41 darajagacha issiq boʻladi.

Lebap viloyatida oz bulutli ob-havo boʻlib, shimoli-sharqdan sekundiga 8–13 metrdan 11–16 metrgacha tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi +20... +25 darajadan +24... +29 darajagacha iliq, kunduzi +32... +37 darajadan +37... +42 darajagacha issiq boʻladi.

Dashoguz viloyatida ozroq bulutli, haftaning oxirida oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metrdan 10–15 metrgacha tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi +19... +24 darajadan +22... +27 darajagacha iliq, kunduzi +31... +36 darajadan +35... +40 darajagacha issiq boʻladi.