Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining Gidrometeorologiya boʻyicha xizmati maʼlumotlariga koʻra, 1-7-iyun kunlari yurtimiz hududiga gʻarbdan nam havo oqimi kirib kelishi natijasida, Vatanimizning barcha viloyatlarida yomgʻir yogʻishi, shuningdek, tungi havo haroratining barqaror boʻlishi kutilmoqda.
- Ashxobodda: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning boshi va ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Shimoli-gʻarbdan janubiy-sharqqa yoʻnalishini oʻzgartiruvchi tezligi soniyasiga 10–13 metrdan 14–16 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +21...+23°C dan +24...+26°C gacha iliq, kunduzi +31...+33°C iliqdan +35...+37°C gacha issiq boʻladi.
- Bolqon viloyatida: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shimoli-gʻarbdan janubiy-sharqqa yoʻnalishini oʻzgartiruvchi tezligi soniyasiga 9–14 metrdan 12–17 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +17...+22°C dan +21...+26°C gacha iliq, kunduzi +32...+37°C issiq, viloyatning qirgʻoqboʻyi tumanlarida +28...+33°C iliq boʻladi.
- Axal viloyatida: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning boshi va ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shimoli-gʻarbdan janubiy-sharqqa yoʻnalishini oʻzgartiruvchi tezligi soniyasiga 8–13 metrdan 12–16 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +19...+24°C dan +22...+27°C gacha iliq, kunduzi +30...+35°C iliqdan +35...+40°C gacha issiq boʻladi.
- Mari viloyatida: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Shimoli-gʻarbdan tezligi soniyasiga 7–12 metrdan 10–15 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +19...+24°C dan +23...+28°C gacha iliq, kunduzi +31...+36°C iliqdan +36...+41°C gacha issiq boʻladi.
- Labap viloyatida: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Shimoli-sharqdan tezligi soniyasiga 8–13 metrdan 11–16 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +18...+23°C dan +22...+27°C gacha iliq, kunduzi +30...+35°C iliqdan +36...+41°C gacha issiq boʻladi.
- Dashoguz viloyatida: oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻlib, haftaning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻadi. Shimoli-gʻarbdan sharqqa yoʻnalishini oʻzgartiruvchi tezligi soniyasiga 8–13 metrdan 10–15 metrgacha yetadigan shamol esadi. Havo harorati kechasi +17...+22°C dan +20...+25°C gacha iliq, kunduzi +28...+33°C iliqdan +32...+37°C gacha issiq boʻladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.