
AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers Amerika texnologiya kompaniyalari sun’iy intellekt (SI) sohasida Turkmaniston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda so‘zga chiqqan S.Rojers AQShning yirik investorlari sun’iy intellekt texnologiyasiga kelajakning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida qarashini ta’kidladi.
Sara Rojersning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (data-center) bo‘yicha masalalar uning Markaziy Osiyoga amalga oshirgan mintaqaviy tashrifi davomidagi yuqori darajali muzokaralar markazida bo‘ldi. Xususan:
Sara Rojersning Turkmanistonga tashrifi uning Hindiston, Nepal va O‘zbekiston kabi mamlakatlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli mintaqaviy safarining bir qismidir. Bu safar savdo diplomatiyasini rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash, shuningdek, raqamli imkoniyatlar va innovatsiyalarni mintaqaviy darajada ilgari surish maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. Ushbu hamkorlik Turkmaniston iqtisodiyotini raqamlashtirish va dunyoning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish strategiyasi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Keywords