Turkmanistonning Lebap viloyatida joylashgan "Turkmennebit" davlat konsernining Seydi neftni qayta ishlash zavodida joriy yilning dastlabki olti oyida 12,7 ming tonna yo‘l bitumi ishlab chiqarildi. "Nebit-gaz" gazetasida ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 300 tonnaga (2,4 foiz) oshgan.
Yo‘l bitumi asfalt-beton aralashmasining asosiy bog‘lovchi komponenti bo‘lib, yo‘l qoplamasining mustahkamligi va ob-havo sharoitlariga chidamliligini ta’minlaydi. Zavodning bitum ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvati yiliga 37,2 ming tonnani tashkil etadi. Korxonada bitumdan tashqari A-80, A-92 va A-95 markali avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, mazut, ekstraksiya benzini va suyultirilgan gaz kabi xaridorgir neft mahsulotlari ham ishlab chiqarilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.